So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

18 mar 12:41
Yangiliklar

Dzyudo

Ekaterinburg “Katta Dubulg'a”. Mezbonlar birinchi bo'lishdi!

Rossiyaning Ekaterinburg shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa o'z yakuniga etdi.

Sovrin jamg'armasi 154 000 AQSH dollarini tashkil qilgan musobaqada sayyoramizning 5ta qitasi 48 davlatidan jami 403 nafar (233 erkak, 170 ayol) dzyudochi ishtirok etdi. Mamlakatimiz sharafini esa 12 nafar hamyurtimiz himoya qildi. 

Musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasiga muhim reyting ochkolari o'ynalgan turnirda Rossiya terma jamoasi norasmiy umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar 3ta oltin, 2ta kumush, 4ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Ular hisobida yana 5ta oltinchi, 7ta ettinchi o'rin ham bor. 

Ikkita oltin, bitta kumush, ikkita bronza medaliga ega chiqqan Isroil terma jamoasi ikkinchi o'rinni band etdi. Ikkita oltin va bitta kumush medaliga sazovor bo'lgan franciyalik dzyudochilar esa kuchli uchlikka yakun yasashdi. 

Yaponiya, Braziliya, Kanada, Gollandiya, Mo'g'uliston, Argentina va SHveciya terma jamoalari dzyudochilari Ekaterinburg tatamilarida bitta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Jami 22ta terma jamoaga musobaqaning kamida bitta bronza medali nasib etdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing