22 iyu 06:19
Yangiliklar
Futbol
EKL. "Tobol" "Linkoln"ni mag'lub etdi, Sergeev 64-daqiqa o'ynadi
Evropa Konferenciyalar ligasining 2-saralash bosqichidan o'rin olgan "Tobol" - "Linkoln Red Imps" uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozonishdi.
Qozog'istonda o'tgan dastlabki uchrashuvda mezbonlar Aybar Jaksilikov va Zarko Tomasevlarning kiritgan to'plari evaziga g'alaba qozonishdi. "Tobol" safida o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 64-daqiqada almashtirildi.
Javob uchrashuvi 26 iyul kuni Gibraltarda bo'lib o'tadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra qo'li baland kelgan jamoa keyingi bosqichda "Tirana" (Albaniya) / "Zrinski" (Bosniya va Gercegovina) juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar