So’nggi yangiliklar

12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

15 may 19:01
Yangiliklar

Futbol

Igor Sergeev terma jamoa mashg'ulotlari haqida: "Jismoniy jihatdan yuqori yuklamalar berilyapti"

Teglar :  Igor Sergeev
"Persepolis" hujumchisi Igor Sergeev MTJ mashg'ulotlaridan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

- Terma jamoaning tayyorgarlikni boshlaganiga bir necha kun bo'ldi, jahon chempionati startiga esa juda oz vaqt qoldi. Kayfiyatingiz va jismoniy holatingiz qanday?

- Hozir bizga jismoniy jihatdan juda jiddiy yuklamalar berilyapti, shu sababli barcha yigitlar yaxshi sport formasida. Albatta, futbolchilar bunday yugurish va kuchga doir mashqlarni unchalik yoqtirishmaydi, lekin bu zarurat. Ayni paytda murabbiylar shtabi aynan jismoniy holatga katta urg'u bermoqda.

- Kanada va Niderlandiya terma jamoalariga qarshi bo'lajak o'rtoqlik o'yinlari haqida nimalar deysiz?

- Bunday yuqori saviyadagi raqiblar bilan sparring o'tkazish imkoniyatimiz borligi ajoyib. Aynan jahon birinchiligi oldidan o'z kuchimizni sinab olamiz. Mundialdan oldin yaxshi repeticiya bo'ladi. Yuqori saviyani bevosita jahon chempionatida emas, avvalroq o'rtoqlik uchrashuvlarida his qilib, bo'lajak raqiblarimizning o'yinini ko'rib olamiz.

- Siz ikki oydan beri o'yin amaliyotisizsiz. Hozirgi sport formangiz qay darajada? Yig'in startiga qadar qo'shimcha mashg'ulot olib bordingizmi?

-Ha, rasmiy yig'inlar boshlanishidan oldin murabbiylar bilan yakka tartibda shug'ullangan edik va ochig'ini aytsam, bizga ancha jiddiy yuklama berishdi. Jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari va haqiqiy o'yin amaliyoti butunlay boshqa-boshqa narsalar ekanini juda yaxshi tushunaman, lekin poydevor mustahkam qo'yilgan, buni o'zimizda his qildik.

Jismoniy ish endi terma jamoada davom etmoqda. Qolaversa, ushbu yig'inlarda mahalliy klublar bilan o'rtoqlik o'yinlari orqali o'yin amaliyotini tiklab boramiz. “Surxon” bilan o'ynab bo'ldik, keyingi o'yinni “Neftchi”ga qarshi o'tkazamiz. Keyin, taxminan 22-sanada, o'zaro ikki tomonlama o'yin o'tkazish ham rejalashtirilgan, ammo bu sparring hozircha rasman tasdiqlanmagan. Aynan shunday o'yinlar orqali amaliyot etishmasligini to'ldirib olamiz.

- Bilamizki, terma jamoamiz musobaqadagi birinchi o'yinini Meksikada, aniqrog'i, Mexiko shahrida o'tkazadi. Bu shahar dengiz sathidan 2240 metr balandlikda joylashgan, namlik ham yuqori — 85% atrofida. Bunday jihatlardan xabardormisiz va bu o'ziga xos iqlim terma jamoaga qanchalik to'sqinlik qilishi mumkin?

- Qaysi mamlakatga bormang, hatto u erning iqlimi O'zbekistondagi bilan bir xil bo'lsa ham, organizm baribir iqlimga moslashish jarayonini boshdan kechiradi. Qaerga uchib bormang, qo'shni Qozog'iston, xoh Rossiya bo'lsin, darhol o'yinga yuz foiz kirishib ketolmaysiz. Boshida organizmga har qanday holatda ham qiyin bo'ladi.

Manzilga qanchalik ertaroq borib, qanchalik tez moslashsak, o'yin shunchalik yaxshi kechadi. SHu sababli hammasi o'yindan necha kun oldin Meksikaga etib borishimizga va tayyorgarlikning yakuniy bosqichini qanday yo'lga qo'yishimizga bog'liq bo'ladi. Qolaversa, malakali tibbiy yordam va vitaminlar yordam beradi.

Iqlim tasir qilmaydi, deyish bemanilik. Albatta, tasir qiladi, hatto juda kuchli — dunyoning istalgan nuqtasida shunday, faqat qaerdadir bu ko'proq, qaerdadir esa kamroq seziladi. Biz avval ham bunday holatga duch kelganmiz, masalan, Malayziyaga Urugvayga qarshi o'ynash uchun borganimizda. Bularning barchasi maydonda shubhasiz seziladi, lekin bir narsani unutmaslik kerak: raqiblar ham xuddi shunday iqlim sharoitida bo'ladi, shuning uchun bu borada barcha teng.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing