30 mar 11:24
Yangiliklar
"Tottenxem" Igor Tudorning istefosini elon qildi
“O'zaro kelishuvga ko'ra, bosh murabbiy Igor Tudor klubni tark etayotganini tasdiqlaymiz. SHuningdek, darvozabonlar murabbiyi Tomislav Rogich va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Rikkardo Ragnachchi o'z lavozimlarini tark etishdi.
Biz Igor, Tomislav va Rikkardoga so'nggi olti hafta davomida tinimsiz mehnat qilganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. SHuningdek, yaqin insonini yo'qotgani uchun Igorga hamdardlik bildiramiz va uni hamda oilasini bu og'ir damda qo'llab-quvvatlaymiz.
Yangi bosh murabbiy haqida tez orada malumot beriladi”, — deyiladi "Tottenxem"ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Tudor "Tottenxem"ni 14 fevraldan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa ettita uchrashuvda beshta mag'lubiyatga uchradi.

Fikrlar