04 avg 15:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/42974_220.jpg)
Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga keladi, o'sha kunning o'zida matbuot anjumani tashkil qilinadi
Avvalroq, O'zbekiston milliy terma jamoasini argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Raul Kuper boshqarib borishini xabar qilgan edik.
Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi 6 avgust kuni tonggi soat 06:10da yurtimizga etib keladi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil qilinadi. SHu kuni soat 15:00da Milliy Olimpiya qo'mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o'z rejalari bilan o'rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o'tadi.
Matbuot anjumanida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.
Fikrlar