30 avg 11:40
Yangiliklar
"Barselona" himoyachisi € 8,5 mln evaziga "Real Sosedad"ga o'tdi
Basklar bilan tuzilgan bitim 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. OAV malumotlariga ko'ra, 20 yoshli ispan futbolchisining transfer summasi 8,5 million evroni tashkil etdi.
Fort — ko'k-anorranglilar akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 2023 yilning oxirida debyut qilgan va jami 30 ta o'yinda maydonga tushib, uchta golli uzatma bilan ajralib turgan. 2025/2026 yilgi mavsumda futbolchi ijara huquqi asosida "Elche" sharafini himoya qilgan. Ektor barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt" internet-portali malumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati — € 12 mln.

Fikrlar