So’nggi yangiliklar

19:35Назорат ўйини. Ўзбекистон U-19 Туркияни мағлуб этди 0 19:07Дана Уайт бошчилигида ташкил этилган бокс Лигасининг илк турнири эълон қилинди 0 18:42Тошкентда ўтказиладиган PWL 11 кураш турнирида кимлар иштирок этиши маълум бўлди. Спортчилар орасида Разамбек Жамалов, Заур Угуев ва Кайл Снайдер каби номлар бор (ПОСТЕР) 0 18:17Бокс бўйича катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионати тақвими маълум бўлди (ФОТО) 0 17:53Тўртта терма жамоа мухлислари АҚШга кириш тақиқи сабабли ЖЧ-2026 дан қуруқ қолишлари мумкин 0 17:29Адесенья октагонга кўтариладиган оқшомнинг иккинчи асосий жанги ҳам эълон қилинди 0 17:04Яхши хабар: Ўзбекистон спорт брэнди Италиянинг машҳур велоспорт клуби титул ҳомийсига айланди (ФОТО) 0 16:39Ислам Махачев қандай ҳолатда Илия Топурия билан жанг қилиши мумкинлигини айтди 0 16:16Нима учун МЮ Сульшерни эмас, Кэррикни танлади? 0 15:52Бенавидес Бетербиев ва Бивол билан жанг қилишни истайди 0 15:26"Уч раунд ичида финиш қиламиз". Пимблетт — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 15:03Махачев: "Оқ уйда жанг қилишни истардим, аммо..." 0 14:41Хаби Алонсо истеъфосининг тафсилотлари ошкор қилинди 0 14:20"Одамларнинг хотираси қисқа. Тайсон уч карра жаҳон чемпиони бўлади" - Фьюрининг отаси 0 13:59"Махачқалъанинг "Динамо"сига ёрдамчилар керак" - Махачев Алонсонинг "Реал"дан кетиши ҳақида 0

14 mar 16:16
Yangiliklar

Futbol

Ektor Kuper: "Asosiy maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish"

Teglar :  KuperFutbol
Bugun, 14 mart kuni O'FA matbuot anjumanlari zalida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Takidlash loziimki, bizda tayyorgarlik uchun juda kam vaqt bo'ladi. Bu musobaqada o'yinni kuchaytirishga harakat qilamiz, ammo har qanday terma jamoaga qarshi o'yinda biz maydonga faqat g'alaba uchun kurashamiz. Tarkibga OTJdan ham futbolchi chaqirmoqchi edik, ammo ular mart oyida saralash bahslarida ishtirok etishadi. Terma jamoa bu musobaqada qo'ldan kelganicha yaxshi o'ynashga harakat qiladi, - deydi Ektor Kuper.


- O'tgan davr mobaynida qanday xulosalar chiqardingiz. Endi terma jamoada qanday o'zgarishni amalga oshirmoqchisiz? Tarkib yoki taktikada.

- Ham ijobiy, ham salbiy xulosalar chiqardik. Osiyo Kubogida yaxshi o'yinlar ham bo'ldi, yomon o'yinlar ham. Biz katta o'zgarishlarni amalga oshirish niyatida emasmiz. Urugvay bilan o'yinda futbolchilar Avstraliyaga qarshi o'yindek harakat qilishlarini istayman. Bu qisqa musobaqa. Bilasiz murabbiylar vaqt etmayapti, vaqt kam deyishadi. CHunki biz buni mashg'ulotlarda sinab ko'rishimiz kerak. 



- Osiyo Kubogida chempion bo'lmoqchimiz deb BAAga ketdingiz. Ammo nimchorak finaldan qaytdik. Himoya asosiy kuchimiz deb aytilgandi, ammo statistika ham ko'rsatib turibdi - barcha o'yinlarda, faqat Turkmanistondan tashqari, raqib bizdan ko'proq hujum qila olgan. Xitoyga ketayotgan tarkibda ham deyarli o'zgarish yo'q, uch futbolchi o'rniga uch futbolchi kelgan. Terma jamoa murabbiylari doim FIFA kunlarida futbolchilarni yig'ishadi, hech kimda qo'shimcha vaqt yo'q. 

Menga shartnoma taklif qilingan paytda nima deb yozilgan bilasizmi? Biz Jahon chempionatiga chiqishimiz kerak, Osiyo Kubogida chempion bo'lishimiz kerak. Bizga jamoani yoshartirish kerak degan gap yo'q edi. To'g'ri Osiyo Kubogida yuta olmadik, bu mening aybim. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish. Biz juda ko'p o'yinchilarni kuzatib boramiz. Bunda asosiy urg'u OTJ bo'ladi. Barcha energiyamiz Jahon chempionatiga chiqishga qaratilgan. O'yinchilarni yoshartirish, shakllantirish ham kerak. Lekin kelajak haqida gapirishni istamayman. Kelajak hozir biz uchun Xitoydagi musobaqa. Bu musobaqa iyun oyida boshlanadigan saralash o'yinlariga tayyorlanishga xizmat qiladi. Siz to'g'ri aytdingiz, terma jamoa murabbiylarida vaqt kam bo'ladi. Hozir kelajakni ko'rmayapman, balki Xitoydagi musobaqada yutqazsak meni bo'shatib yuborishar. Biz juda yaxshi yo'nalishdamiz. Miyamizdagi yagona narsa Jahon chempionatiga chiqish. Osiyo Kubogidan men ko'proq narsa kutgan edim. Lekin o'ylaganlarimiz amalga oshmadi. Takrorlayman, men aybdorman. Jahon chempionatiga chiqish bu asosiy maqsad.


- Jahon chempionati saralashida Yaponiya va Avstraliya kabi jamoalarni yutish kerak. Hozirgi tarkib bilan bunga erisha olaman deb o'ylaysizmi?  

- Rasmiy o'yiinlar bilan o'rtoqlik o'yinlarining farqi bor. Yaponiya va Avstraliya kabi jamoalarni mag'lub eta olamiz. Bu degani aniq yuta olamiz degani emas. Buning uchun barchamiz birlashib maydonda barcha ishni to'g'ri bajarish kerak. Osiyo Kubogida ko'rdik, ularga tengma teng o'ynadik. 


- Osiyo Kubogidagi 4ta o'yinning tahlili bilan qanday shug'ullanasiz? Mukammal analiz uchun qancha vaqt ketadi? Sizda balki Instat yoki boshqa dasturlar bor bo'lsa kerak. 

- Albatta dasturlar bizga yordam berishadi. Mening yordamchilarim bu bilan shug'ullanishadi. Futbol matematika emas, raqamlar va dasturlar yordamida maqsadimizga erisha olmaymiz. Vatan tuyg'usi degan narsalar bor. O'FA raqiblar to'g'risida barcha malumotlarni berishadi. 


- Ancha vaqtdan buyon O'zbekistonda ishlayapsiz. Yaponiya va Avstraliya kabi jamoalardagi futbolchilar Evropaning etakchi klublarida o'ynashadi. Bizning futbolchilarga o'sha erda o'ynashlari uchun nima etishmayapti deb o'ylaysiz? 

- Juda qiyin savol. Balki O'zbekistondan ketgisi kelmasa o'yinchilar, balki Evropaga borgisi kelmas. Kimgadir Rossiya, kimgadir Xitoy, kimgadir BAA yoqadi. Bu tahlil qilish uchun yaxshi mavzu. 



- Sizdan oldingi murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatlaridan nolishardi. Hozir bu boradagi holat qanday? 

- Hozirgi kunda qilgan xulosalar asosida jismoniy holati ijobiy deyish mumkin. To'g'ri tarkibda kamroq yuguradigan futbolchilar bor.


- Bizda hozir 20dan ortiq futbolchi xorijda o'ynamoqa, Xitoydagi musobaqaga 5 nafar legioner chaqirilibdi. Ularning o'yinlarini qanday kuzatayapsiz? Internet orqalimi yoki yordamchingizni yuborasizmi? 

- Bizda har bir legionerlarning videolari bor. Fozil Musaev masalan 10-15 daqiqa o'ynamoqda, faqat so'nggi turda 90 daqiqa o'ynadi. Biz barcha legioner nazoratimiz ostida, lekin Superligadagi o'yinchi mening fikrim jihatidan chetdagi futbolchidan kuchliroq bo'lishi mumkin. 

 

- Sardor Rashidov Evropada o'z klubida o'ynamoqda, Vitaliy Denisov ham. Masalan, SHorahmedov va Akbar To'raev AGMKda zaxirada o'tiribdi. Tushuntirib bering. 

- SHunday futbolchilar bor asosiy tarkibda bo'lmasa ham o'sha legionerdan yaxshiroq bo'lishi mumkin. Ruhan tayyor bo'lishi kerak. Ishtiyoq bo'lishi kerak. Terma jamoaga nima zarur bo'lsa o'shani bera olishi kerak. Hech kimga terma jamoadagi joy kafolatlanmagan. Sardor Rashidov viza bilan bog'liq muammo tufayli bu yig'inga kela olmadi. 


- Yaqiinda MOQ prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning jamoani yoshartirish haqida fikr bildirdi. Agar rahbariyat sizga jamoani yoshartirish kerak deb aytsa nima qilasiz? 

- Sizllar nima xohlaysizlar? Jahon chempionatiga chiqish, tarkibni yoshartirishmi, har bir o'yinda 3tadan gol urishimiznimi, 70 foiz to'p bilan muomala qilishimiznimi? To'g'ri sizlarni tushunib turibman. Menga hozircha rahbariyat bunday gap aytgani yo'q. 


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing