23 sen 14:11
Yangiliklar
Futbol
Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
O'zbekiston futbol associaciyasi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o'rtadagi mavjud shartnomani o'zaro kelishuvga asosan bekor qilishdi, deb xabar berdi O'FA rasmiy sayti.
2018 yilning avgust oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.
O'zbekiston futbol associaciyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga O'zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.
Yaqin vaqtlar ichida terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi. U katta ehtimol bilan Vadim Abramov bo'lishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar