10 sen 17:49
Yangiliklar

Ektor Kuperning istefosiga shama qilindi
Ushbu bahsdan so'ng bugun www.championat.asia saytida Ektor Kuper bilan bog'liq maqola chop etildi. Unda argentinalik murabbiyning istefosiga shama qilingandi.
"Uchrashuvdan so'ng "Championat.asia" xodimlari terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuperdan qisqa intervyu olmoqchi bo'ldik. Kiyinish xonasidan oxirgi bo'lib chiqqan Kuper biroz boshi og'riyotganini va savollarimizga mehmonxonada javob berishini aytdi. Biz ham rozi bo'ldik va "Le Grand Amman" sari yo'l oldik. Mehmonxonaga terma jamoamizdan oldin etib bordik. Taxminan yarim soatlardan so'ng mehmonxona restoraniga kirib ketgan murabbiyning oldiga bordik va savollarimizni bermoqchi bo'ldik. Ektor Kuper esa bizga qarab - "Sorry", deb restorandan chiqib ketdi. U boshqa birorta so'z aytmadi. Murabbiyning birgina shu so'zi nimani anglatishini o'zingiz anglab turgandirsiz..." - deyiladi xabarda.
Fikrlar