03 fev 11:05
Yangiliklar
Futbol

Eldor SHomurodov boshqa jamoaga ko'chib o'tishi mumkin
Qozonning "Rubin" klubi "Zenit"ga o'tib ketgan Sardor Azmun o'rniga ikkita hujumkor o'yinchilar nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Qozonliklar uchun asosiy nomzod "Enisey" hujumchisi Mixail Kostyukov bo'lib turibdi. Transfer miqdori 1 million evro atrofida baholanmoqda, deb xabar berdi Sport-Ekspress nashri. 27 yoshli forvard oktyabr boshida jarohat olgan edi va o'shandan beri maydonga tushmayapti. Bu esa "Rubin" rahbariyatini tashvishga solmoqda.
Kostyukov transferi amalga oshmasa, "Rubin" jamoasi Eldor SHomurodovni ijaraga olishni ko'zlamoqda. Joriy mavsum Rossiya chempionatida Kostyukov 8 o'yinda uchta gol urdi. SHomurodov hisobida 14ta uchrashuvda 1ta gol bor.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar