11 jan 19:01
Yangiliklar
Futbol

Eldor SHomurodov sabab "Mashal"ga 300 ming, "Bunyodkor"ga 150 ming AQSH dollari
Saytimiz asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev o'z Telegram kanalida Eldor SHomurodovning ehtimoliy transferi haqida ajoyib malumot bilan bo'lishdi.
"12-20 yoshgacha "Mashal" 0.25%dan 4 yilga va 2 % yana 4 yilga FIFA reglamenti asosida jami 3% foiz oladi. Bu 300.000 degani.
"Bunyodkor"da 3 mavsum faoliyat olib bordi. 0.50%dan 1.5% bo'ladi. Bu 150.000 AQSH dollari.
Ammo! Ammosi shundaki, "Mashal" 16 yoshgacha bo'lgan davrda o'ynagan musobaqalari qaydnomalarini ko'rsatib bera olishi kerak.
Xullas "Mashal"ga tekis joydan 300 000 $ topib berdim :)
Bu pulga bitta suniy maydon, akademiya uchun avtobus va yana nimadirlar xarid qilsa bo'ladi.
Barakasini bersin murabbiylarini xam unutmasin :)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar