17 okt 11:41
Yangiliklar
Futbol

Eldor SHomurodov Xitoy klubiga o'tishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi
"Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.
- Xitoy klublarining qiziqishi? Bu birinchi navbatda "Rostov"ga tegishli savol. SHaxsan menga hech narsa aniqmas. Xitoyga esa 30 yoshimdan oldin bormayman, - deydi SHomurodov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi forvardi Rossiya premer-ligasida 10ta gol urgan holda, Aleksandr Sobolev bilan birgalikda to'purar bahsida oldin bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar