So’nggi yangiliklar

09:49Сўнгги жангида Гусковдан нокаут бўлган Никита Крилов UFC 324 турнирида октагонга чиқади 0 09:28Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик 12 та баланд трубалик стадион қуради + ФОТО 0 09:07VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Медалларимиз 93 тага етди. Эрон билан "тилла" тафовути 4 тани ташкил қилмоқда (Тўлиқ жадвал) 0 08:46FIDE Жамоавий жаҳон чемпионатининг 1/4 финалига чиқдик 0 08:25Дэвис Кубоги. Испания 1/2 финалда! 0 08:04Миржалол Қосимов жамоасининг жорий мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди? 0 07:43Риёд-2025: Кечаги муросасиз беллашувларда 11 та медаль қўлга киритдик + ФОТО 0 07:22Махачев Маддаленага мураббийини истеъфога чиқариш маслаҳатини берди 0 07:01Бангкок Гран-присининг илк кунида уч таэквондочимиз иштирок этади 0 23:30Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчилар ҳисобида 11 та медаль! 0 20:33"Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, иккинчи ўринга кўтарилиб олди 0 20:12VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Эркин курашчиларимиз делегациямизга яна иккита медаль тақдим этишди 0 19:21Мария Тимофеева Люксембург турнирида 1/4 финалга чиқди 0 18:44ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-оффга қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор 0 18:23Дзюдочиларимиз Белградда ўтказиладиган Чемпионлар Лигасига йўл олишди 0

09 dek 17:39
Yangiliklar

Futbol

Eldor SHomurodovning 2019 yildagi statistikasi

Kecha, 8 dekabr kuni "Rostov" RPLning 19-turi doirasida "Spartak" mehmoni bo'ldi.

Moskvadagi bahsda rostovliklar "Spartak" darvozasini 4 marta ishg'ol qilishdi va o'yin 4:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. "Rostov" to'rtta gol urganiga qaramasdan, ularning birortasi O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi SHomurodov hisobiga yozilmadi, biroq hamyurtimiz 2ta golda ishtirok etdi (1ta assist) va o'z jamoasi uchun penalti ishlab berdi. Popov ushbu 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. SHunday qilib, Eldor SHomurodov uchun futbol yili yakuniga etdi. "Rostov"ning RPLdagi keyingi uchrashuvi 2020 yilning 1 mart kuni bo'lib o'tadi.


SHomurodov 2019 yilda qanday natijalarga erishdi?

Eldor SHomurodov uchun 2019 yil BAAdagi Osiyo Kubogi bilan boshlandi. 9 yanvar, 2019 yil. Hujumchimiz Ummonga qarshi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 2 daqiqa o'tib o'z nomini tabloga yozdirib, O'zbekiston terma jamoasiga g'alabani olib berdi.

Navbatdagi uchrashuv Turkmanistonga qarshi bo'ldi. O'sha paytda MTJni boshqarayotgan Ektor Kuper SHomurodovni asosiy tarkibga kiritishga qaror qildi va adashmadi. Terma jamoamiz birinchi taymdayoq raqib darvozasini 4 marta ishg'ol qildi. Ularning 2tasida Eldor bosh rolni ijro etdi. Guruhdagi so'nggi o'yinimiz Osiyo grandi - Yaponiyaga qarshi o'tkazildi. Ushbu o'yinni ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. SHomurodov yaponlarning ikki himoyachisini ko'rdim demay, o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan darvozani ishg'ol qildi. Biroq jamoamiz hisobdagi ustunlikni ushlab qola bilmadi va Yaponiya Muto hamda SHiotani gollari evaziga g'alabaga erishdi.

TAS-IX emas



Guruhni 2-o'rin bilan yakunlagan terma jamoamiz 1/16 final bosqichida Avstraliya bilan to'qnash keldi. Eldor bu uchrashuvda ham raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, ammo Metyu Rayan so'nggi pallada hujumchimiz zarbasini qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. Bahsning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida gol kiritilmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va Avstraliya 11 metrlik zarbalarda omadliroq chiqib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Eldor SHomurodov Osiyo chempionati-2019da
O'yin4
Gol4
Assist-
Maydonda o'tkazgan vaqti257 daqiqa


Mart oyida Rossiya Premer-ligasi bahslari boshlandi, ammo SHomurodov vaqtini zaxirada o'tkazdi va faqat Kubok doirasidagi bahslarda maydonga tushdi. Eldor o'sha bahor "Rostov" safida gol ura olmadi. Hujumchimiz o'sha paytlar ko'proq terma jamoada o'zini ko'rsatayotgan edi. O'zbekiston terma jamoasi mart oyining oxirlarida China Cup-2019 turnirida ishtirok etdi. Urugvay, Xitoy, Tailand va O'zbekiston ishtirok etgan musobaqaning dastlabki yarim finalida hamyurtlarimiz Janubiy Amerika vakiliga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda Eldorning yagona goli terma jamoamizga g'alabani taqdim etdi.

Yozgi tanaffusda o'z xatolari ustida ishlab, ajoyib formaga kirib olgan SHomurodov Rossiya Premer-ligasining ilk turidayoq gol urishga erishdi. "Orenburg"ga qarshi bahsda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan Eldor "Spartak" bilan o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan bo'lsada, RPLning keyingi 3ta uchrashuvida 3 marta darvozabonlar dilini xira qildi.

"Rubin" va "Lokomotiv" kabi Rossiyaning nomdor klublariga gol ura olgan Eldor sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi safida JCH-2022 uchrashuvlarini boshladi. Natijada xabaringiz bor: Falastindan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Ektor Kuper MTJni tark etdi. Bu o'zgarishlar Eldorning o'yiniga tasir qilmadi va hujumchimiz gol urishda davom etdi. SHomurodov sentyabr oxiri va oktyabrning boshidagi 3ta bahsda ("Tambov", "Dinamo", CSKA) 3ta gol kiritdi. Keyin yana terma jamoa o'yinlari boshlandi. Forvard Vadim Abramov qo'l ostida ham muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatib, Yaman darvozasini 1, Singapurnikini esa 2 marta ishg'ol qildi.

Oktyabr oyidagi terma jamoa bahslaridan so'ng SHomurodovning RPLdagi golsiz seriyasi boshlandi va u yil oxirigacha saqlanib qoldi. SHomurodov noyabrda yana terma jamoa bahslarida ishtirok etdi va Saudiya Arabistoni hamda Falastin darvozalarini ishg'ol qildi. Biroq bu mahsuldorlik "Rostov"da ko'rinmadi.

Noyabr oxirlarida Rostov klubida moliyaviy qiyinchiliklar boshlangani, qishki tanaffusda jamoani bir qator etakchilar (ular orasida Eldor ham bor) tark etishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar haqiqatga yaqin bo'lsa kerak, chunki jamoa o'yinida ham inqiroz kuzatildi. "Rostov" noyabr hamda dekabr oylarida o'tkazgan 5ta uchrashuvning bor-yo'g'i 1tasida g'alabaga erishdi. SHunday qilib, SHomurodov "Spartak"ga qarshi bahs bilan 2019 yilni yakuniga etkazdi.


Eldor SHomurodovning 2019 yildagi statistikasi
O'zbekiston terma jamoasiStatistika"Rostov"
12O'yin22
11Gol10
-Assist4
892Maydonda o'tkazgan vaqti (daqiqa)1786
-Sariq kartochka3
-Qizil kartochka-
Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing