15 fev 13:27
Yangiliklar
Tennis

Elize Mertens Dohadagi yurishini davom ettirmoqda
Dunyoning 21-raketkasi Elize Mertens Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirining yarim finaliga yo'l oldi.
Belgiyalik tennischi Qatar Total Open turnirining chorak finalida gollandiyalik Kiki Bertensdan ustun keldi. Mertens reytingning sakkizinchi pog'onasidan joy olgan kuchli raqibasidan 6/4, 6/3 hisobida ustun keldi.
Endi Elize Doha turnirining yarim finalida germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar