28 jan 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko kechagi mag'lubiyatidan keyin ilk bor intervyu berdi
Kecha AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida aralash qoidalar bo'yicha Bellator 214 oqshomi bo'lib o'tgandi.
Turnirning markaziy jangida amerikalik Rayan Beyderga qandaydir 40 soniya ichida nokaut bilan mag'lub bo'lgan rossiyalik afsonaviy Fyodor Emelyanenko kechagi jang yuzasidan ilk intervyusini berdi.
“O'zimni yaxshi xis qilyapman. Jarohatim jiddiy emas. Qovog'imning yorilgan qismiga bir nechta chok tushdi. Ikki haftalardan keyin ko'rmagandek bo'lib ketaman. Jangga tayyorgarlik ko'rishda yordam bergan barchaga rahmat aytmoqchiman. G'alaba ham, mag'lubiyat ham, hammasi Yaratgandan!”, - deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Emelyanenko.
Havola :
Fikrlar