20 iyu 13:27
Yangiliklar
Futbol

Emeri La Liga klubida ish boshlashga yaqin
PSJ, "Sevilya" va "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri tez orada "Vilyarreal"ni qabul qilib oladi.
Ispaniyalik mutaxassis "sariq suvosti kemasi" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
"Vilyarreal"ning hozirgi bosh murabbiyi Xaver Kalexa jamoaning Evropa Ligasiga yo'l olganiga qaramay klubdan ketadi.
Emerining so'nggi klubi "Arsenal" bo'lgan edi, u London klubidan o'tgan yilning noyarb oyida ketgan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar