11 avg 19:04
Yangiliklar
Endi qozog'istonlik sportchida doping chiqsa, berilgan mukofot pullari va uy-joylar qaytarib olinadi
Jismoniy tarbiya va sportga oid qonun hujjatlariga sportchi, murabbiy va sport tashkilotlari rahbarlariga nisbatan diskvalifikaciya qilingan Olimpiya o'yinlari va boshqa musobaqalar sovrindorlariga berilgan pullik rag'batlantirish, mol-mulk va uy-joylarni qaytartirish, ularni umrbod moddiy taminlashni to'xtatish, sport razryadlari va unvonlari, davlat mukofotlari va imtiyozlaridan mahrum etish to'g'risida tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. SHuningdek, sportchiga doping buyurgan shaxsga EKIHning 200 baravari miqdorida jazo chorasini qo'llash ko'zda tutilgan.
Antidoping choralarini kuchaytirish aksariyat MDH davlatlarining qonunchiligida mavjud, ammo O'zbekistonda hozirga qadar mazkur meyorlar hali joriy etilmagan.
Fikrlar