24 mar 15:40
Yangiliklar
Futbol

Eng ko'p daromad qiluvchi futbolchilar o'nligi malum qilindi
France Football nashri 2019/20 yilgi mavsumda eng katta daromadga ega futbolchilarni elon qildi.
Ro'yxatni "Barselona" sardori Lionel Messi boshqarmoqda.
"2013 yildan beri Messi, Ronaldu va Neymardan boshqa hech kim eng katta maosh olish bo'yicha kuchli uchlikka kira olmayapti", - deyiladi xabarda.
Reytingni tuzishda ish haqi, reklama daromadlari va bonuslar hisobga olingan.
1. Lionel Messi («Barselona») — 131 million evro.
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 118 mln.
3. Neymar (PSJ) — 95 mln.
4. Garet Beyl («Real») — 38,7 mln.
5. Antuan Grizmann («Barselona») — 38,5 mln.
6. Eden Azar («Real») — 38 mln.
7. Andres Inesta («Vissel Kobe») — 34 mln.
8. Rahim Sterling («Manchester Siti») — 33 mln.
9. Robert Levandovski («Bavariya») — 29 mln.
10. Kilian Mbappe (PSJ) — 27 mln.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar