So’nggi yangiliklar

19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0

09 noy 16:39
Yangiliklar

Qilichbozlik

Eng kuchli yosh sablyachilar aniqlandi

Teglar :  QilichbozlikSablya
Poytaxtimizdagi "Paxtakor" qilichbozlik zalida U 20 yosh toifasidagi yigit-qizlar o'rtasida o'tkazilayotgan O'zbekiston kubogining sablya yo'nalishi bo'yicha yakkalik bahslari g'olib va sovrindorlari aniq bo'ldi.

Yigitlar o'rtasidagi final bellashuvida Azizbek Karimboev va Nurkeldi Turganboev o'zaro raqobatlashdi. Ushbu to'qnashuvda Azizbek g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Nurkeldi kumush medalga sazovor bo'ldi. SHamil Baymuratov va Alimbay Baltabaevlar bu yo'nalishda bronza medali bilan taqdirlandi.  

Qizlar o'rtasidagi bahslarda Gulistan Perdibaeva, Ayakoz Jumamuratova, Samira SHokirova hamda Nargiza Kongratbaeva kabi yosh sablyachilarimiz g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.  

Toshkentda o'tayotgan ushbu mamlakat kubogi bilan bir vaqtda Turkiyaning Istanbul shahrida 14-17 yoshli sportchilar o'rtasida qilichbozlikning sablya yo'nalishida xalqaro musobaqa o'tkazilmoqda.  

Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etayotgan 14 yoshli hamyurtimiz Saidamir Rahmonov bronza medaliga ega chiqdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing