11 okt 11:38
Yangiliklar
Qilichbozlik
O'zbekistonlik sablyachilar Jahon kubogida ikki medal qo'lga kiritdi
Toshkentda qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha o'smirlar (U17) va yoshlar (U20) o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichi davom etmoqda.
Yakkalik bahslari yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi azolari bitta oltin va bitta kumush medalni qo'lga kiritdi.
Yoshlar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Alpamis O'rakbaev oltin medalga sazovor bo'ldi.
O'smirlar o'rtasidagi musobaqada finalgacha etib borgan Muhammadali Tursinboev esa kumush medalni qo'lga kiritdi.
Musobaqaning navbatdagi kunida sportchilar jamoaviy bahslarda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar