09 jan 12:12
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Engil atletika bo'yicha mavsumning ilk musobaqasi o'tkaziladi
Toshkentda va CHirchiqda engil atletika bo'yicha joriy yilgi sport mavsumining dastlabki musobaqasi bo'lib o'tadi.
			Poytaxtimizda engil atletika bo'yicha 2003-2004 va 2005-2006 yillarda 
tug'ilgan o'g'il-qizlar o'rtasida Toshkent shahar birinchiligi 12 yanvar kuni 
o'tkaziladi. CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya 
institutida engil atletika bo'yicha ochiq turnir o'tkaziladi. Mazkur 
musobaqada atletlar 13 yanvar kuni raqobatlashadi. 
 
 Musobaqalarda sportchilar turli masofalarga yugurish, uzunlik va 
balandlikka sakrash, yadro uloqtirish hamda to'siqlar osha yugurish bo'yicha 
bahslashadi.		
            Havola            :         
                    Manba                : UzA
             
			
Fikrlar