10 mar 13:52
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi
14-16 mart kunlari Qarshi shahrida engil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.
2003-2004 yillardan keyin tug'ilgan sportchilar o'rtasida o'tkaziladigan bahslarda mamlakatimizning turli xududlaridan tashrif buyurgan yosh atletlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji maneji mezbonlik qiladigan musobaqada sportchilar 60 metrga to'siqlar osha yugurish, shuningdek, 60, 200, 400, 800, 1000, 1500 metrlarga yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzoqlikka sakrash, uch xatlab sakrash, estafeta, beshkurash hamda oltikurash yo'nalishlarida o'zaro bellashadilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar