14 mar 10:45
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Engil atletika. Bugun Qarshida o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oladi
Bugun Qarshi shahrida engil atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida yopiq inshootdagi Respublika chempionati start oladi.
			Uch kun davom etadigan turnirda mamlakatimizning turli xududlaridan tashrif buyurgan yosh atletlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. 2003-2004 yillardan keyin tug'ilgan sportchilar o'rtasida o'tkaziladigan bahslarda sportchilar 60 metrga to'siqlar osha yugurish, shuningdek, 60, 200, 400, 800, 1000, 1500 metrlarga yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzoqlikka sakrash, uch xatlab sakrash, estafeta, beshkurash hamda oltikurash yo'nalishlarida o'zaro bellashadilar.
Malumot uchun, musobaqada Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji maneji mezbonlik qiladi.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar