27 mar 10:28
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika. Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun o'tkazilayotgan musobaqada yangi rekord o'rnatildi
Kecha poytaxtimizda engil atletika bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun O'zbekiston chempionati boshlanganligi haqida xabar qilgandik.
Musobaqaning birinchi kunida 17 yoshgacha bo'lgan sportchi qizlar o'rtasida bosqon (3 kg) uloqtirish bo'yicha o'tkazilgan bahslarda Rigina Adashboeva 62,64 m natija qayd eta oldi. Rigina ushbu natijasi bilan O'zbekistonning yangi rekordini o'rnatdi.
Bungacha rekord 2014 yilda o'rnatilgan bo'lib, Gulruhsora Hoshimova bosqonni 53,54 metrga uloqtira olgandi. Demak, Rigina Adashboeva bu boradagi natijani 9 metrga yaxshilay oldi.
Malumot uchun, Rigina Adashboeva Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 2-BO'SMda murabbiy Sanjar Rahmonov qo'l ostida shug'ullanadi.
Biz yosh sportchimiz va uning ustozini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz va kelgusida yangidan-yangi zafarlar tilaymiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar