So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

24 okt 17:09
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika. O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi

Teglar :  Engil atletika
Poytaxtimizda engil atletika bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida 400 dan ortiq sportchi g'oliblik uchun o'zaro bahslashdi.

CHempionatning uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrash bahslarida Roksana Xudoyorova hamda Nadiya Do'sanova xotin-qizlar o'rtasida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Mazkur yo'nalishlarda erkaklar o'rtasida Nikita Loginov, Ivan Denisov va Dmitriy Milsitov oltin medalga sazovor bo'ldi.

Nayza, yadro, disk va bosqon uloqtirish bo'yicha Nargiza Qo'chqorova, Olga Gluxovkina, Svetlana Proshkina, Anastasiya Aslanidu, Bobur SHokirjonov, Grigoriy Kamulya, Ivan Markelov va Jalolxon Tillavoldixo'jaevga teng keladigan topilmadi.

100, 110 va 400 metr masofaga to'siqlar osha yugurishda Ergash Normurodov, Murod Muhammadrasulov, Aleksandra Yurkevskaya va Natalya Asanova shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

10 kilometrga sportcha yurish bo'yicha Diana Yafasova hamda SHohrux Salomov marraga birinchi bo'lib etib kelgan bo'lsa, ushbu masofaga yugurishda Roman SHtukan va Ekaterina Tunguskova g'olib deb topildi.

SHuningdek, turli masofalarga yugurish bahslarida Jaloliddin Hamroqulov, Anvarjon Sarimsoqov, Sardor Baxtiyorov, Siyovush Mahmudov, Mirsaid Buxorov, Sabina SHirieva, Farida Solieva, Karina Abdullaeva, Sabina Talacheva, Muattar Baratova barcha raqiblarini ortda qoldirib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Xotin-qizlar o'rtasidagi ettikurash bahslarida Veronika SHetinina, erkaklar o'rtasidagi o'n kurashda Aziz Saidjonov birinchi o'rinni egalladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing