So’nggi yangiliklar

19:30Менежер Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлишини маълум қилди 0 19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0

14 iyu 12:27
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika. O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi

Teglar :  Engil atletika
Poytaxtimizdagi "SHifokor" stadionida engil atletika bo'yicha O'zbekiston ochiq kubogi o'tkazildi.


O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda mamlakatimiz engil atletika federaciyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada to'rt yuzga yaqin sportchi g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Doston Saydaliev, Anvar Sarimsoqov, Hasan Akbaraliev, Andrey Petrov, Gulhayo Rahimova, Sabina Tolacheva, Sitora Hamidova turli masofalarga yugurish bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi. To'siqlar osha yugurishda SHohrux Baratov va Anvar Safarov birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, qizlar o'rtasida Valentina Kibalnikova oltin medal bilan taqdirlandi.

Nayza, yadro, disk va bosqon uloqtirish bahslarida Ivan Zaycev, Sergey Dementev, Ivan Markelov, Suhrob Xo'jaev, Musharraf Saydahmedova, Sofiya Burhonova, Svetlana Proshkina hamda Anastasiya Aslandu shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.



Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda Ivan Denisov, Dmitriy Melsitov, Ruslan Qurbonov, Oksana Molchanova, Viktoriya Dirdina, Nadiya Do'sanovaga teng keladigani topilmadi.

O'n kilometr masofaga sportcha yurish bo'yicha kuch sinashgan atletlar o'rtasida Asilbek Zokirov va Parizoda Nabieva marra chizig'ini birinchi bo'lib bosib o'tdi. O'nkurash bellashuvlarida Sanjar Niyozov, ettikurash bahslarida esa Aleksandra Yurkevskaya g'alaba qozondi.

Javohir Toshxo'jaev, Muhammad Amin (surat), O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing