15 may 12:26
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika. Radzivil Toshkentdagi xalqaro turnirda g'olib bo'ldi
Poytaxtimizda engil atletika bo'yicha xalqaro xotira turniri start oldi.
Reglamentga ko'ra, bugun uzunlik va balandlikka sakrash, 100 metrga yugurish, disk va nayza uloqtirish kabi qiziqarli yo'nalishlarda bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Kutilganidek, ayollar o'rtasida balandlikka sakrash bahsida Svetlana Radzivil (1.90 m), uzunlikka sakrashda esa Darya Reznichenko (6.64 m) g'alaba qozondi. Dusanova bu gal 1.85 metr bilan ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, ko'pkurashchimiz Ekaterina Voronina 100 metrga to'siqlar osha yugurish sektorida o'z omadini sinab ko'rdi va uchinchi natijani qayd etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar