So’nggi yangiliklar

19:01Дмитрий Бивол собиқ хотинини судда ютиб чиқди 0 18:39Ислам Махачев айни пайтда UFC'нинг энг зўр жангчиси ким эканлигини айтди 0 18:17Жейк Пол Франсис Нганну билан жанг қилмоқчи 0 17:52"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди 0 17:25Баҳодир Жалолов ва Муроджон Аҳмадалиев машғулотларни биргаликда давом эттиряпти (ВИДЕО) 0 17:02Каннаваро Милан-Кортина-2026 қишки Олимпиадаси доирасида машъала ёқиш эстафетасида қатнашди 0 16:39Жейк Пол — Энтони Жошуа билан жанг ҳақида: "Мен иккита раундда ғалаба қозонгандим" 0 16:18Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди 0 15:57"Қатар кубоги"да навбатдаги медаллар қўлга киритилди 0 15:362026 йилда жаҳон чемпиони бўлишни ният қилган Хуршидбек Расулжонов билан интервью 0 15:15Ўзбекистонлик илк аёл Жаҳон чемпионига айланган каратэ устаси Гулшан Алимардонова Президент совғаси — автомобиль билан тақдирланади 0 14:54"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда 0 14:33Дзюнто Накатани нима учун Наоя Иноуэ билан спарринглардан қочганини айтди 0 14:12Дерек Чисора: "Жейк Пол чемпионлик камарини қўлга кирита оладими? У сотиб олиши мумкин" 0 13:51Карлос Пратес: "UFC Царукянга қарши жангимга рухсат бермади" 0

21 jan 11:57
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika. Safina Sadullaeva Qozog'istondagi musobaqada g'olib bo'ldi

Qozog'istonning Oskemen (Ust-Kamenogorsk) shahrida Olimpiada chempioni Olga Ripakova sovrini uchun ananaviy beshinchi xalqaro musobaqa o'tkazildi.

Turnirda Qozog'iston, Tojikiston, Turkiya, Armaniston, Gruziya, Belarus, Ukraina va O'zbekistondan sportchilar ishtirok etishdi.

Ayollar o'rtasida balandlikka sakrash bahslarida dastlabki ikki o'rin hamyurtlarimizga nasib etdi. Safina Sadullaeva 192 sm balandlikni zabt etib, o'z shaxsiy rekordini yangiladi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'ldi. Bu o'zbek engil atletikasi uchun beshinchi natija hisoblanadi. Bungacha Lyudmila Butuzova, Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova 198 sm, Svetlana Munkova (Ruban) 194 sm balandlikka sakray olgan.

Musobaqaning kumush medalini esa 188 sm natija ko'rsatgan Nadiya Dusanova qo'lga kiritdi. Balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan uchinchi hamyurtimiz Alina Yablokova 175 sm natija bilan to'rtinchi bo'ldi.

800 metrga yugurish bahslarida Xurshid Ahmadaliev 1:52.58 daqiqalik ko'rsatkich bilan g'alaba qozondi. 3000 metrga yugurishda Otabek Toshquvvatov 8:52.17 daqiqada oltinchi bo'lib marraga etib keldi. 60 metrga to'siqlar osha yugurish bellashuvlarida Ergash Normurodov 8:21 soniya natija bilan beshinchi pog'onadan joy oldi.

Uchxatlab sakrash yo'nalishida ishtirok etgan sportchilarimiz mos ravishda 6-7-8 o'rinlarni egallashdi (Ivan Denisov – 15.66 m, Dmitriy Pupko – 15.40 m, Ruslan Kurbanov – 15.33 m).

4x200 aralash estafetasida jamoamiz 1:36.67 natija bilan uchinchi o'rinni egalladi. Etiborlisi, ushbu estafetada Nadiya Dusanova ham o'z omadini sinab ko'rdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing