01 okt 11:19
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika. Svetlana Radzivil jahon chempionatida chiqish qildi
Qatar poytaxti Doha shahrida engil atletika bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Avvalroq, ayollar o'rtasida balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, finalga yo'l olgani haqida xabar qilgandik.
Kecha musobaqada hal qiluvchi bellashuvlar bo'lib o'tdi. 12 nafar sportchi ishtirok etgan finalda Radzivil 1,89 m natija ko'rsatdi va so'nggi o'rinni egalladi.
Xalqaro engil atletika federaciyasi bayrog'i ostida ishtirok etgan rossiyalik Mariya Lasickene 2,04 balandlikni zabt etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Ukrainalik Yaroslava Manuchix va AQSH vakilasi Vashti CHunningam mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar