So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

26 mar 12:32
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika. Toshkentda MOQ sovrini uchun O'zbekiston chempionati start oldi

Teglar :  Engil atletika
Bugun poytaxtimizda engil atletika bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun O'zbekiston chempionati boshlandi.

Respublika engil atletika markazi mezbonlik qilayotgan mazkur musobaqa kattalar, 19 hamda 17 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida tashkil qilinmoqda. Unda atletlar bosqon uloqtirish, nayza uloqtirish, disk uloqtirish, yadro uloqtirish, shuningdek, uzunlikka va balandlikka sakrash yo'nalishlarida g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

Kattalar o'rtasidagi bahslar Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari uchun terma jamoamiz tarkibini shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan bo'lsa, 19 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi bellashuvlarda Osiyo va jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar nomi malum bo'ladi. 17 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi musobaqada esa Argentinada o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi yozgi Olimpiya o'yinlarida qatnashadigan vakillarimiz saralab olinadi.

Bahslarda Respublikamizning barcha viloyatlaridan 289 nafar sportchi o'z omadini sinab ko'rmoqda.

Qo'shimcha sifatida shuni qayd etib o'tishimiz lozimki, yaqinda Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan polvonlar yurti hisoblangan Surxondaryo hamda Qashqadaryo vohalaridan 51 nafar sportchi saralab olindi. Ikki kun davom etadigan musobaqada aynan ushbu sportchilarning ishtirokiga ham alohida etibor qaratiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing