23 may 14:07
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachilarimiz uchun ruhiy tayyorgarlikni kuchaytirish bo'yicha trening o'tkazildi
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi psixologlari O'zbekiston engil atletika federaciyasida bo'lib, milliy terma jamoa sportchilarning ruhiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan trening o'tkazdilar.
Unda xalqaro maydonlarda ulkan yutuqlarga erishishda ruhiy jihatning ahamiyati tushuntirilib, atletlar mavzu bo'yicha ayrim tayyorgarlik usullari bilan tanishtirildi. Tadbir sportchilarimizda katta qiziqish uyg'otdi. Bunday yo'nalishdagi treninglar keyinchalik barcha terma jamoalarimizda davom etadi.
Suhbat davomida sportchilarimiz mutaxassislarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javob olishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar