So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

24 dek 15:05
Yangiliklar

SHaxmat

Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnir g'oliblari malum bo'ldi

Teglar :  SHaxmat
23-24 dekabr kunlari O'zbekiston SHaxmat federaciyasi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida ilk bora O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan shaxmat turniri o'tkazildi.

Unda 100 dan ortiq professional hamda havaskorlar qatnashishdi.

O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan shaxmat bo'yicha  turnir Rapid yo'nalishida 7 turdan, “A” va “B” guruhlarda, shveycarcha tizimda, FIDE qoidalari bo'yicha o'tkazildi. Musobaqada o'yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalanildi. 

Xotira turnirda qatnashish uchun professional shaxmatchilarning FIDE xalqaro reytingida 2000 balldan kam bo'lmasligi talab etildi, havaskorlar o'rtasida qatnashish uchun esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ro'yhat asosida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan shaxmat turniri shveycarcha tizimda o'tkazilib, 23 dekabr kuni 4 tur, 24 dekabrda esa qolgan 3 tur o'tkazildi.

CHempionatni o'tkazishga O'zbekiston SHaxmat Federaciyasidan tashrif buyurgan tajribali, professional hakamlar bevosita rahbarlik qilishdi.

Xotira turniri so'ngida O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovga O'zbekiston SHaxmat federaciyasining “Fahriy grossmeysteri” unvoni O'zbekiston SHaxmat federaciyasning oltin medali berildi. Unvonni Erkin Vohidovning o'g'li Xurshid Vohidov qabul qilib oldi.

Havaskorlar o'rtasidagi g'oliblar:
1. Murod Yusupov
2. Yahyo Tog'a
3. Eldor G'afurov

Professionallar o'rtasidagi g'oliblar:
1. SHamsiddin Vohidov
2. Georgiy SHvanov
3.  Marat Jumaev

Ishtirokchilar diplom, medal, pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing