07 okt 01:29
Yangiliklar
Futbol

Ermatov boshqargan o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi
JCH-2018 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni - Avstraliya uchrashuvida durang natija qayd etildi.
FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqargan o'yinda darvozalarga to'rtta to'p kiritildi. 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda jamoalar bittadan ochkoga ega bo'lishdi.
Guruhda aynan mana shu ikki terma jamoa 7tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlikni davom ettirishyapti. BAA va Yaponiya hisobida 6tadan ochko bor.
SAUDIYA ARABISTONI – AVSTRALIYA 2:2
Gollar: Taysir Al Jassim 5, Nosir Al SHamroni 79 – Trent Seynsberi 45, Tomi Jurich 71
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Havola :
Fikrlar