10 noy 16:05
Yangiliklar
Futbol

Eron Suriyaga qarshi bahsdan oldin 5 nafar yo'qotishga duch keldi
Eron terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida 15 noyabr kuni Malayziyada Suriya terma jamoasi bilan o'ynaydi.
FIFA Ehson Hojisafi hamda Sardor Azmunni diskvalifikaciya qilganidan xabaringiz bor. Terma jamoa asosiy posboni Alirizo Beiranvand jarohat tufayli Suriya bilan o'ynay olmaydi. Yana bir darvozabon Alirizo Haqiqi ham aynan shu bois maydonga tusha olmaydi.
Terma jamoa sardori Andranik Teymurian ham jarohat oldi va bu safargi yig'indan chetda qoldi.
Eslatib o'tamiz, Eron 4ta turdan so'ng 10 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi O'zbekiston milliy terma jamoasida 9 ochko bor.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar