28 sen 19:45
Yangiliklar
"G'alaba qozonamiz". Suriya terma jamoasi azolari O'zbekiston bilan o'yindan oldin nimalar dedi?
"Biz har bir uchrashuvda 100% kuchimizni maydonga tashlaymiz. Suriyalik muxlislarimizni qattiq hurmat qilamiz va ularning o'yinlarga tashrif buyurib, bizga kuch-quvvat bag'ishlashlaridan juda mamnunmiz", – dedi darvozabon Elias Hadaya.

"Juda ajoyib o'yin bo'ldi. Suriya va Iordaniya muxlislari o'zlarini juda yaxshi tomondan ko'rsatishdi. Xudo xohlasa, kelgusida bundan ham yaxshiroq bo'ladi. Oldinda O'zbekiston bilan o'yinimiz bor, shundan so'ng noyabrda ham o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tadi. Nasib qilsa, O'zbekistonga qarshi uchrashuvda bundan ham yaxshiroq va yuqori darajadagi o'yinni namoyish etamiz", – dedi markaziy himoyachi Ahmad Faqa.

"Bugungi kun yaxshi o'tdi, biz haqiqatan ham juda yaxshi o'yin namoyish etdik. Kelasi hafta O'zbekiston terma jamoasiga qarshi ham xuddi shunday harakat qilishimiz lozim va shundan so'ng, Xudo xohlasa, g'alaba qozonamiz", – dedi vinger Jan Mustafo.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Suriya o'rtoqlik uchrashuvi 1 oktyabr kuni “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar