27 jan 10:49
Yangiliklar
Tennis

Ertaga 21 yoshli Osaka dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka o'zining 21 yoshida dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi.
Naomi kecha Australian Open turnirining dramatik kechgan final uchrashuvida chexiyalik Petra Kvitovani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu bilan Osaka Osiyo qitasidan jahonning birinchi raketkasi bo'lgan ilk tennischi nomini ham qo'lga kiritdi.
Takidlash joizki, bir yil avval Naomi Osaka WTA reytingida 72-o'rinni egallab turgandi. Osakagacha hech bir tennischiga bu darajada yuqorilab, reytingning birinchi pog'onasiga ko'tarilish nasib etmagan edi.
Havola :
Fikrlar