So’nggi yangiliklar

19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:34Уиттакер Гусков билан жанг ҳақида: "Ур ва ўтказиб юборма!" 0

20 noy 16:11
Yangiliklar

SHaxmat

Ertaga Toshkentda shaxmat bo'yicha Prezident Kubogi turniri boshlanadi

21-30 noyabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi.

O'n kun davomida dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun o'zaro bahs olib borishadi. Ishtirokchilar FIDE reytingidagi o'rinlariga qarab A va V guruhlarida dona surishadi.  

Reglamentga ko'ra, A guruhida reytingi 2250 va undan yuqori shaxmatchilar qatnashadi. B guruhidan esa reytingi 2249 va undan past shaxmatchilar joy olgan. Klassik shaxmat bo'yicha o'tadigan ushbu musobaqada partiya 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniya vaqt qo'shib beriladi. 

Yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yakubboev singari taniqli grossmeysterlarimiz hamda istedodli yosh shaxmatchilarimiz himoya qiladi. Abdusattorov xalqaro turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi sifatida saralangan. Eronlik Parham Maqsudlu ikkinchi, uning hamyurti Amin Tabatabayi uchinchi raqam ostida tasniflangan.   

A guruhida qatnashadigan Top-10 shaxmatchilar va ularning FIDE reytinglari:

1. GM Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) – 2777  

2. GM Parham Maqudlu (Eron) – 2712  

3. GM Amin Tabatabayi (Eron) – 2686  

4. GM Javohir Sindarov (O'zbekiston) – 2682  

5. GM SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston) – 2681  

6. GM Nihal Sarin (Hindiston) – 2676  

7. GM Nodirbek Yaqubboev (O'zbekiston) – 2668  

8. GM Puranik Abhimanyu (Hindiston) – 2652  

9. GM Murali Kartikeyan (Hindiston) – 2625  

10. GM Muniretinam Pranesh (Hindiston) – 2580

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing