So’nggi yangiliklar

18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0 17:46Клопп — Германия терма жамоасининг янги мураббийи! 0 17:07Амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони камар ҳимоячи учун рингга кўтарилди 0 16:29"У чемпион ва нима қилишни ўзи ҳал қилади". Кличко Усикнинг чемпионлик камарларидан воз кечиш қарори ҳақида 0 15:58"Махачев билан жанг қилмоқчи эдим". Усман дю Плессига жавоб берди 0 15:23The Athletic ЖЧ-2026`нинг 50 нафар энг яхши футболчиси номини эълон қилди 0 14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0 13:44Нодиржон Мирзаҳмедов Тошкентдаги бокс оқшомида тезкор ғалабага эришди 0 13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди + ВИДЕО 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0

22 may 07:21
Yangiliklar

Futbol

Eshitdik-da: O'zbekiston PFL bosh direktori ishdan ketdi

Karantin davrida O'zbekiston futbolida hech kim kutmagan istefo ruy berdi.

Eshitishimizga qaraganda, PFL bosh direktori Davron SHoqurbonov bugun kechki yig'ilishda egallab turgan lavozimidan bo'shatilgan. Hozircha mazkur xabar hech bir taraf tomonidan tasdiqlangani yo'q. Garchi rasman tasdiqlanmagan bo'lsada, katta ehtimol PFL mazkur holat bo'yicha erta yoki indin malum qilishi kutilmoqda. 

Malumot uchun, Davron SHoqurbonov o'tgan yili yozda PFL rahbari etib tayinlangandi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli O'zbekiston chempionati 16 mart kunidan rasman to'xtatib qo'yilgandi va hozirga qadar jamoalarga rasman mashg'ulot o'tkazish uchun O'FA yoki PFL ruxsat bergani yo'q. Karantin davrida tashkilot Superliga qachon tiklanishi borasida biror reja yoki takliflarini rasman ommaga taqdim etmay kelayotgandi. 

Garchi tashkilot Superligani karantin davrida tiklash bo'yicha ishlab chiqayotgan rejalarini taqdim etmagan bo'lsada, O'zbekiston futbol associaciyasi, Professional futbol ligasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mamlakatimizda futbol uchrashuvlarini qayta tiklash yuzasidan qo'shma yig'ilish o'tkazgani haqida Diyor Imomxo'jaev malumot bergandi.

Hozircha barcha klublar qatori va futbol ihlosmandlari ham PFL qachon Superligani qayta tiklashini kutishmoqda. Bu orada esa tashkilotda istefo kuzatilayotgani va SHoqurbonovning nega ishdan ketayotgani borasida malumotlar yo'q.

Tez orada PFL mazkur holatga rasman munosabat bildirilishi yoki xabarni tasdiqlashini kutamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing