12 fev 15:45
Yangiliklar
Futbol

Eshitdik-da! Sardor Rashidov faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov faoliyatini Superligamizda davom ettirishga yaqin turibdi.
Eshitishimizga qaraganda, Rashidov O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi bilan shartnoma tuzadi. Bugun yarim himoyachi "SHerlar" mashg'ulotida ham ishtirok etgan.
Hamyurtimizning so'nggi klubi "Qatar SK" klubi bo'lgandi va Sardor sentyabr oyidan buyon erkin agent maqomida edi. Agar Rashidov "Paxtakor" bilan shartnoma tuzsa Toshkentning uchta klubida ("Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Paxtakor") o'ynagan kam sonli futbolchilardan biriga aylanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
O’xshash yangiliklar
08:20
Bugun Dushanbe Grand Slam turnirining birinchi kuni 10 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz 0
Fikrlar