So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

03 okt 17:53
Yangiliklar

Futbol

Eshitdik-da... SHkvirindan bo'shashi haqida ariza talab qilishdi

24-turdan so'ng 22 ochko jamg'argan "Olmaliq" 12-o'rinda bormoqda. Ikkinchi davrada jamoa birorta ham g'alaba qozonmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.

Jamoaning natija tomondan oqsayotganligi homiylik qilayotgan OKMK rahbariyatini ranjitgan ko'rinadi. O'yindan so'ng OKMK iqtisodiyot va moliya ishlari bo'yicha direktori “Olmaliq” klub bosh direktoriga  telefon qilib rahbariyat va murabbiylar ishdan bo'shashlik haqida ariza yozishlarini so'ragan. Biroz tushunarsiz holat. Futbol klubida bu kabi o'zgarishlar odatda klub Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. “Olmaliq”da Aleksandr Farmanov klub prezidenti hisoblanadi. “O'zbekiston qahramoni” unvoni sohibi bo'lgan bu inson futbolimiz rivoji uchun har doim boshqalarga o'rnak bo'lgan rahbarlardan biri hisoblanadi. Olmaliq shahrida nafaqat futbol, balki boshqa sport turlari ham faoliyat olib bormoqda. “Olmaliq” jamoasi o'tgan davr ichida respublikada o'z o'rni va nufuzini topib borayotgan yosh jamoalardan biridir. Afsuski, bu yil jamoaga nimadir bo'lgan ko'rinadi. Ko'p ming sonli muxlislariga ega jamoaning kelajagi nima bo'ladi? Umid qilamizki, bu jamoa faoliyati yaxshilanib chempionatimizda ijobiy natijalarga erishadi.

PS: “Olmaliq” jamoasi ikkinchi davrada o'z maydonida o'tayotgan uchrashuvlarga ham Toshkentdan qatnayotganligidan xabardormiz. SHuningdek, bir qator futbolchilar oldida klub qarzdorligi borligini ham eshitdik... Nima bo'lganda ham oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan jamoada vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishiga ishonamiz. Aks holda jamoani keyingi yil quyi ligada ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing