24 apr 13:19
Yangiliklar
Eshkak eshish sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionati start olmoqda
SHu maqsadda, 26-30 aprel kunlari Toshkent dengizida 1999-2000 yil va undan keyin tug'ilgan sportchilar o'rtasida baydarka va kanoe bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Huddi shu kunlari Samarqandda akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslari tashkil qilinadi. SHuningdek, 26-29 aprelda Namangan shahri slalom bo'yicha 1999-2000 yil va undan keyin tug'ilgan sportchilar o'rtasidagi mamlakat chempionatiga mezbonliq qiladi.
Mazkur musobaqalar terma jamoalarimizga iqtidorli sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun oldin o'smirlarimiz baydarka va kanoe bo'yicha Barselonadagi jahon chempionatida qatnashib, III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga uchta yo'llanma qo'lga kiritgan edilar.
Fikrlar