06 mar 11:58
Yangiliklar
Eshkak eshish
Eshkak eshuvchilarimiz Toshkent dengizida navbatdagi yig'inni boshlashdi
Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari 2019 yilgi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni belgilangan reja va talablar asosida olib boryapti.
Zero, o'tayotgan har bir kun ularni 2020 yil Yaponiyada bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yaqinlashtirmoqda.
Ushbu tayyogarlik bosqichi doirasida terma jamoa bugundan Toshkent dengizida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi. Ushbu yig'in uchun 27 nafar sportchi saralab olingan bo'lib, ular bilan tajribali murabbiylar Dmitriy SHugurov, Behzod Bobojonov va Sergey Tyan shug'ullanishmoqda. Joriy yig'in 29 mart sanasigacha davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar