10 mar 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
ESPN. Pakyao murabbiyi bilan hamkorlikni to'xtatdi
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao bir necha yil davomida birgalikda ishlab kelgan murabbiyi Freddi Rouch bilan hamkorlikni to'xtatdi, deb xabar bermoqda ESPN kanali.
Avvalroq BoxingScene internet portali ham bokschi va murabbiy o'rtasidagi bir necha yillik hamkorlik rishtalari uzilishi haqida xabar bergandi. Pakyaoning bunday qarorga kelishiga uning Jeff Xorndan qabul qilib olgan kutilmagan mag'lubiyati sabab bo'lmoqda.
O'sha mag'lubiyatdan so'ng filippinlik bokschining menejeri Maykl Konch hamda promouter Bob Arum murabbiyning ishidan qoniqish xosil qilmaganliklarini aytishgandi. Lekin hozircha Pakyao va Rouch o'rtasidagi hamkorlik tugatilgani haqida rasmiy xabar elon qilinmadi.
Havola :
Fikrlar