So’nggi yangiliklar

07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0

03 jan 08:46
Yangiliklar

Boks/MMA

ESPN yilning eng yaxshilarini aniqladi (barcha nominaciya g'oliblari)

Teglar :  ESPN
Amerikaning dunyoga mashhur ESPN sport portali bir nechta nominaciya bo'yicha yakuniga etgan 2023 yilning professional boks olamidagi eng yaxshilarini aniqladi.

Jumladan, "Eng yaxshi bokschi" nominaciyasida yaponiyalik 30 yoshli Naoya Inoue etirof etildi. U yil boshida o'zi uchun to'rtinchi vazn toifasida jahon chempioni bo'ldi. O'tgan hafta esa Murodjon Ahmadalievning vaznida mutlaq jahon chempioniga aylandi. Engil vaznda mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni so'rovnomada ikkinchi, Terens Krouford va Devid Benavides esa keyingi o'rinlarni band etishdi.

Ayollar o'rtasida 2023 yilning eng yaxshi bokschisi sifatida irlandiyalik Keti Teylor elon qilindi. U ikkinchi urinishda o'zi uchun ikkinchi vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'ldi. U so'rovnomada Amanda Serrano va Esika Neri Platani ortda qoldirdi.

"Yil jangi" nominaciyasida Xayme Mungia hamda Sergey Derevyanchenko jangi g'olib deb topildi. Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi jang iyun oyida o'tkazilib, unda Mungia ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Ushbu jang so'rovnomada Luis Neri - Azat Ovanesyan, SHavkat Rahimov - Jo Kordina hamda Devin Xeyni - Vasiliy Lomachenko janglarini ortda qoldirdi.

ESPN talqini bo'yicha "Yil nokauti" deya may oyida Dzyunto Nakatani va Endryu Molouni o'rtasida o'tkazilgan jangdagi nokaut etirof etildi. Keyingi o'rinlarda Devid Morrell - Yamaguchi Falkan hamda Mark Magsayo - Isaak Avelar jangidagi nokautlar qayd etildi.

"Yil murabbiyi" nominaciyasida amerikalik mutaxassis Brayan Makintayr g'olib bo'ldi. U Terens Kroufordning murabbiyi hisoblanadi. SHuningdek, Makintayr amerikalik istedodli bokschi Keyshon Devisga ham ustozlik qildi. Brayan Kris Yubankka Liam Smitdan revansh olishga ham yordam bergan.

"Yil apseti" nominaciyasida Rafael Espinosa tan olindi. Meksikalik unchalik taniqli bo'lmagan bokschi ikki karra Olimpiada hamda jahon chempioni Robeysi Ramiresni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Bu nominaciyaga Brayan Mendosaning Sebastyan Fundora, Jozef Parkerning Deontey Uaylder ustidan qozongan g'alabalari ham nomzod sifatida qo'yilgan edi.

Erkaklar o'rtasida kelajagi porloq bokschi sifatida yarim engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan amerikalik 26 yoshli Bryus Kerrington (10-0, 6 KO), ayollar orasida esa — 22 yoshli Kerolin Dyubua (8-0, 5 KO) tan olindi. Kerolin Deniel Dyubuaning kichik singlisi bo'ladi. Bu nominaciyaga Endi Krus, Floyd Skofild va Skay Nikolsonlarning nomzodi qo'yilgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing