30 iyu 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'ziev ESPN reytingidan joy oldi
Nufuzli ESPN nashri prof boksning super o'rta vazn toifasi uchun o'z reytingini yangiladi.
Reyting peshqadami sifatida meksikalik Saul Alvares keltirilgan. Ikkinchi pog'onani Buyuk Britaniya vakili, WBO chempioni Xamza SHiraz egallab turibdi. WBC kamari sohibi, francuz bokschisi Kristian Mbilli esa uchinchi o'rinda qayd etilgan.
Ahamiyatlisi, o'zbekistonlik tajribali charm qo'lqop ustasi Bektemir Meliqo'ziev ham kuchli o'nlikka kiritildi. U to'qqizinchi o'rinda.
To'liq reyting:
1. Saul Alvares (Meksika)
2. Xamza SHiraz (Buyuk Britaniya)
3. Kristian Mbilli (Franciya)
4. Lester Martines (Argentina)
5. Xayme Mungiya (Meksika)
6. Diego Pacheko (AQSH)
7. Osleys Iglesias (Kuba)
8. Xose Armandis Resendis (Meksika)
9. Bektemir Meliqo'ziev (O'zbekiston)
10. Yakob Bank (Daniya).
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar