30 iyu 14:41
Yangiliklar
SHaxmat

Esports World Cup Chess. Abdusattorov Magnus Karslen, Sindarov Hikaru Nakamuraga qarshi o'ynadi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million 550 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli Esports World Cup Chess turniri boshlandi.
Esports World Cup Chess turnirining asosiy ishtirokchilari safiga saralash bahslari orqali qo'shilgan Javohir Sindarov guruhning ilk bosqich uchrashuvida amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi dona surdi. Ham qora, ham oq donalarda g'alaba qozongan Nakamura "g'oliblar" yo'lida keyingi davraga chiqdi. Sindarov esa endi "mag'lublar" yo'nalishida pley-off yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.
To'g'ridan-to'g'ri asosiy turnirda qatnashayotgan Nodirbek Abdusattorov ilk turdayoq jahon tojdori, norvegiyalik Magnus Karlsen bilan o'ynadi va afsuski, 1,5:0,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Nodirbek ham endi xuddi Javohir singari "mag'lublar" setkasida o'z omadini sinab ko'radi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar