So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

31 iyu 10:59
Yangiliklar

SHaxmat

Esports World Cup Chess. Nodirbek Abdusattorov qaytdi, u pley-off bosqichida!

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million 550 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli Esports World Cup Chess turniri davom etmoqda.

D guruhidan joy olgan va NAVI jamoasi sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Abdusattorov o'zi singari ilk uchrashuvida engilgan amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bahsda Nodirbek qora donalarda o'ynashiga qaramay g'alaba qozondi. 

Ikkinchi uchrashuvda dunyoning uchinchi raqamli shaxmatchisi bo'lib turgan Fabiano kambek amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Hal qiluvchi armageddon partiyasida yosh grossmeysterimiz nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Nodirbek g'oliblik uchun asosiy davogarlardan birini musobaqadan chiqarib yubordi.  

Bu juftlik g'olibini polshalik Yan-Krishtoff Duda kutib turgandi. Aynan shu bahs pley-off bosqichining so'nggi ishtirokchisini aniqlab berardi. Ikkala partiyada durang natija qayd etildi. Armageddon partiyasining beshinchi yurishida shaxmatda kamdan-kam uchraydigan holat kuzatildi. Duda kompyuter sichqonchasida sipohni ikkita oldinga suraman deb bitta qatorga yurib qo'ydi. Natijada debyutdayoq raqibiga bitta ot ustunligini taqdim etib qo'ygan Duda kurashni davom ettirmay, alamli mag'lubiyatini tan oldi.  

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov Esports World Cup Chess turnirining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, ikkinchi o'rin bilan pley-offga, yani 1/8 finalga yo'l oldi. Ushbu guruhdan Magnus Karlsen birinchi o'rin bilan pley-offga chiqdi. 

Afsuski, musobaqaning asosiy to'riga saralash bahslari orqali etib kelgan Javohir Sindarov xitoylik grossmeyster Vey Yiga har ikki partiyada ham imkoniyatni boy berib, Esports World Cup Chess turniridagi ishtirokini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing