So’nggi yangiliklar

19:16Octagon League Тошкентда яна турнир ўтказади. Бу сафар Достон Бозоровни ҳам кўрамиз (ПОСТЕР) 0 18:55Ҳумоюн Тўхтамуродов ҳам "Ҳумо Арена"да жанг қилади (ВИДЕО) 0 18:34Ошпаз ва официантликдан футболга. Боаке ҳақида 7 қизиқарли факт 0 18:13Усман 30 ойга дисквалификация қилинди 0 17:52Дана Уайт Жонс ва Перейра ўртасидаги жангни ташкил этиш шартини айтди 0 17:49Ўзбек спорти халқаро эътироф марказида: Европа нашрлари баҳоси 0 17:31Махачевми ёки Топурия? — Пимблетт энг яхши P4P жангчисини айтди 0 17:10Равшан Ҳайдаров: "Футболчиларимиз жанговар ҳолатда" 0 16:4918 ёшли Мирра Андреева фаолиятидаги бешинчи WTA финалига чиқди 0 16:28Нурмагомедов Россия MMAси тарихидаги Топ-5 жангчиларни айтди 0 16:07"Ёқмаса, кўрманглар!" — Уайт танқидчиларга жавоб қайтарди 0 15:46Европа терма жамоаси афсонаси "Тоттенхэм" мураббийига айланди 0 15:25Тошкентда ён қўшниларимиз иштирокида қўшма машғулот ўтказиляпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:04Нурмагомедов UFC'даги кейинги жангини асли афғонистонлик спортчига қарши ўтказади 0 14:43Жошуа ҳалокатли ЙТҲдан сўнг машғулотга қайтди (ВИДЕО) 0

26 iyu 14:27
Yangiliklar

SHaxmat

Esports World Cup Chess. Sindarov 1,5 mln dollarlik musobaqaning saralashini muvaffaqiyatli boshladi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million 550 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli turnirning saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.

Esports World Cup Chess turnirining asosiy ishtirokchilari, yani turnirda to'g'ridan-to'g'ri qatnashuvchi shaxmatchilar nomi allaqachon malum bo'lib ulgurgan. Yana to'rt nafar qatnashchi ikki bosqichdan iborat saralash o'yinlari orqali asosiy bosqichga chiqish uchun kurash olib borishyapti.    

EWC Chess – Last Chance Qualifier formati 4 ta alohida guruhda 9 turdan iborat shveycarcha tizimda o'tkazildi. Guruhlarda kuchli to'rtlikdan o'rin olgan shaxmatchilar pley‑offga yo'l olishdi. Ushbu saralash bosqichida hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev ham o'z omadii sinab ko'rmoqda. 

Afsuski, Yakubboev 5 ochko bilan o'z guruhida 5-o'rinni egallab, hal qiluvchi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Sindarov esa birinchi saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Kuchli grossmeysterlar jam bo'lgan S guruhida 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi va pley-offga yo'l oldi. 

Malumot uchun, Esports World Cup Chess turnirida Nodirbek Abdusattorov to'g'ridan-to'g'ri asosiy bahslarda ishtirok etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing