02 avg 15:01
Yangiliklar
SHaxmat

Esports World Cup Chess turnirida kutilgan chempion
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan mukofot jamg'armasi 1 mln 550 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli shaxmat turniri yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini kutilganidek, norvegiyalik jahon toji sohibi Magnus Karlsenga nasib etdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik Alireza Firuzdjaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Finalning har ikki setini 3:1 hisobida o'z foydasiga hal qilgan Karlsen Esports World Cup Chess chempioniga aylandi. U bosh sovrin bilan birga 250 000 dollar mukofot pulini ham qo'lga kiritdi.
Alireza 1/4 finalda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovni 3:1 hisobida taslim etgandi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa amerikalik Hikaru Nakamura hindistonlik Arjun Ergaisidan 3,5:2,5 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar