So’nggi yangiliklar

21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 mar 10:10
Yangiliklar

Futbol

"Etak"da yana futbol turniri o'tkazildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Etak” MFY hududida joylashgan 32-sonli umumiy o'rta talim maktabida futbol turniri bo'lib o'tdi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman hokimligi hamda “Etak” mahallasi hamkorligida 18-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Jami 24 ta jamoa qatnashgan mazkur musobaqada ishtirokchilar katta taasurotlarga ega bo'ldilar.

“Bugun muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida” Koson tumanida turli yoshdagi yoshlar o'rtasida futbol muosbaqasi tashkil etilmoqda. Bu kabi musobaqalar yoshlarning sog'lom turmush tarziga amal qilishlariga, ularni sog'lomlashtirishga hizmat qiladi", - deydi musobaqa tashkilotchilaridan biri Nurbek Saidnabiev.   

G'olib va sovrindorlar:

1-o'rin 1998-yillarda tug'ilgan yoshlar jamoasi

2-o'rin 1999-yillarda tug'ilgan yoshlar jamoasi

3-o'rin 1995-yillarda tug'ilgan yoshlar jamoasi

Musobaqa so'nggida g'olib-sovrindor bo'lgan jamoalar va musobaqaning o'tkazilishida faol ishtirok etgan masullar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryodagi muxbiri

Reyting:    

Fikrlar

   
10 mar 10:48:59
nasafbek
Chekka-chekka hududlarda ham mana shunday musobaqalarni ko'proq tashkil etish albatta yoshlar qalbida sportga bo'lgan qiziqishni yanada orttiradi va doim shunga intiladi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing